Diabetni erta aniqlovchi ignasiz qurilma yaratildi
Yaponiyalik olimlar qandli diabetni ogʻriqsiz va ignasiz aniqlaydigan yangi usulni yaratishdi. Bu usul inson organizmidagi shakar miqdorining kundalik oʻzgarishlarini maxsus qurilma orqali kuzatadi va kasallik xavfi haqida erta ogohlantiradi. Bu haqidagi tadqiqot natijasi “Communacation Medicine” jurnalida maqola chop etildi.
Tokio universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan bu texnologiya maxsus “uzluksiz glyukoza nazorati” (CGM) qurilmasidan foydalanadi. Bu qurilma organizmdagi shakar miqdorini kun boʻyi kuzatib boradi. Odatda diabet testlari uchun qon olish kerak boʻladi, ammo bu usulda bunday ogʻriqli amaliyot talab etilmaydi.
Tadqiqotda qatnashgan sogʻlom odamlarda maxsus algoritm yordamida shakar miqdorining tebranishi tahlil qilindi. Bu natijalar asosida olimlar kasallik boshlanishidan ancha oldin shakar boshqaruvida muammo borligini aniqlay olishdi. Yaʼni, oddiy testlarda sogʻlom deb topilgan odamlar aslida diabet xavfiga ega ekani maʼlum boʻldi.
Yangi usul hatto yurak xastaligi kabi diabet asoratlarini ham oldindan bashorat qilishda foydali boʻlishi mumkin. Shuningdek, olimlar bu tahlilni mustaqil ravishda bajarish uchun veb-ilova ham yaratishdi. Endilikda har kim ushbu qurilma va dastur orqali shakar miqdorini tekshirishi, xavfni erta bilib, chora koʻrishi mumkin boʻladi.
Mutaxassislar fikricha, bu texnologiya diabetni erta aniqlash va uning ogʻir asoratlarining oldini olishda katta imkoniyatlar yaratadi. Eng asosiysi — bu usul ignasiz, qulay va hammaga tushunarli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring