Deputatlar “Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1949-yil 1-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi

14:04 26 Dekabr 2023 Siyosat
353 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1949-yil 1-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Mazkur Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi kelgusida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat huquqlarini, shu jumladan, mehnati uchun munosib ish haqini oʻz vaqtida olish huquqlarini taʼminlash boʻyicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga, shu bilan birga, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning ijobiy imijini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?