Deputatlar 1981-yil qabul qilingan konvensiyani ratifikatsiya qilishni koʻrib chiqmoqda. U qabul qilinsa, ish beruvchilarning masʼuliyati oshadi

Foto: Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti toʻgʻrisidagi 155-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 22-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunga qadar ushbu konvensiya 75 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur xalqaro hujjat barcha iqtisodiy faoliyat sohalarini oʻz ichiga olib, davlat xizmatida ishlovchilarga, yollanib ishlovchilarga, shuningdek bevosita yoki bilvosita ish beruvchining nazorati ostida boʻlgan ishchi va xodimlarga tatbiq etiladi.
Qonun loyihasiga koʻra, konvensiyada mehnat faoliyati jarayoni va ishlab chiqarish muhitida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash koʻzda tutilgan. Jumladan, ish joyida yoki ish vaqtida ishchi va xodimlarning sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq turli baxtsiz hodisalar yoxud xavflarning oldini olishga qaratilgan talablarni yanada kuchaytirish belgilanadi va bu oʻz navbatida, ish beruvchilarning masʼuliyatini yanada oshiradi.
Bundan tashqari, mazkur xalqaro hujjatda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash, ishlab chiqarish muhitini yaxshilash boʻyicha milliy darajadagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish masalalari aks ettirilgan.
“Oʻzbekistonni istiqbolda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib, preferensiyalar umumiy (bosh) tizimi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan oʻzaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil boʻladi”, deyiladi muhokamalar jarayonida.
Avvalroq, agar deputatlarning taklifi qoʻllab-quvvatlansa, hokimlar kengash raisligidan ketishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring