Denovda tadbirkor tashabbusi bilan maktab binosi kapital taʼmirlanmoqda

10:25 12 Fevral 2026 Jamiyat
242 0

Denov tumanidagi 35-sonli umumtaʼlim maktabining 330 oʻrinli oʻquv binosi mahalliy tadbirkor Jamshid Ibragimov tashabbusi va homiylik mablagʻlari hisobidan zamonaviy talablar asosida kapital taʼmirlanmoqda.

Eʼtiborli jihati shundaki, Jamshid Ibragimov aynan shu taʼlim muassasasi bitiruvchisi hisoblanadi. U oʻzini kamolga yetkazgan bilim maskaniga munosib hissa qoʻshish, yosh avlod uchun zamonaviy va qulay taʼlim sharoitlarini yaratishni asosiy maqsad qilib olgan.

— Bugun tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, qoʻllab-quvvatlash va eʼtibor nafaqat biznes yuritish, balki jamiyat oldidagi masʼuliyatni chuqur his etgan holda faoliyat olib borish imkonini ham bermoqda. Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarga bildirilayotgan ishonchga munosib javob qaytarish va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish har birimizning burchimiz, — deydi Jamshid Ibragimov.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, shu kunga qadar surxondaryolik tadbirkorlar tashabbusi bilan toʻrtta maktab toʻliq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan. Bu esa hududda taʼlim infratuzilmasini mustahkamlash va yoshlar uchun munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu ishlar izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?