Dekabr oyida noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalari 58-marta boshqa aeroportlarga majburiy ravishda yoʻnaltirilgan
Foto: «Халқ сўзи»
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati rahbari Kamola Ikromova maʼlum qildi.
Aviaqatnovlar Uzbekistan Airways tomonidan kechiktirilgan yoki bekor qilingan hollarda yoʻlovchilarga 2 soatdan yuqori boʻlgan kutish vaqtida suv, 4 soatdan 6 soatgacha boʻlgan kutish jarayonida issiq taom taqdim etiladi.
Agar kutish vaqti kunduzi 12 soatdan, kechasi 6 soatdan oshsa yoʻlovchilar mehmonxona hamda issiq ovqat bilan taʼminlanadi.
Noqulay ob-havo sharoiti sababli aviaqatnovlar kechiktirilgan yoki bekor qilingan hollarda esa yoʻlovchilar aviachiptalarning toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.
Oʻzbekiston hududida amalga oshirilayotgan reyslarning uchib kelish terminali turli sabablarga koʻra oʻzgarsa, yoʻlovchilar aviakompaniya tomonidan oʻz manzillariga yer transporti orqali yetkazib qoʻyiladilar. Agar bu jarayon amalga oshirilmasa, yoʻlovchilarga aviakompaniya tomonidan aviachipta tarif turi va yetib borish manzilidan kelib chiqqan xolda 25% miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.
Xorijiy mamlakatlardagi qoʻnish terminali oʻzgargan hollarda aviakompaniya yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazib qoʻyishga javobgar hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring