Dehlida “Axsikent arxeologiya parki” kitob-albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Namangan viloyati delegatsiyasi bir necha kundan beri Hindistonda boʻlib turibdi. Kuni kecha Oʻzbekistonning mazkur mamlakatdagi elchixonasida hind media sohasi yetakchilari, professor-olimlar, taniqli siyosatchilar bilan uchrashuv oʻtkazilib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi professori Abdulhamid Anorboyevning “Axsikent arxeologiya parki” kitob – albomining taqdimoti tashkil etildi.

Unda Davlatimiz rahbari tomonidan Axsikentning koʻhna tarixini tiklashga berilayotgan eʼtibor, yodgorlikning buguni va kelajagi uchun amalga oshirilayotgan loyihalar hamda yangi chop etilgan nashr haqida gap bordi. Xususan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, senator Farmon Toshev uch tillik ushbu nodir nashr Samarqandda oʻtkazilgan Butunjahon turizm tashkiloti yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida Davlat rahbariga taqdim etilgani, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Axsikentga eʼtibor, tarixni tiklashga eʼtibor, bunday tabarruk maskanlarni obod etish — barcha ishlarimizga rivoj keltiradi. Axsikentda katta majmua barpo etish ishlarini ham tezlatamiz”, — deya taʼkidlaganini alohida aytib oʻtdi.

— Boburiylarning Hindiston tarixida oʻrni beqiyos, — dedi hind siyosatchisi Skand Tayal. — Shu maʼnoda uning ota yurti Axsikent haqidagi kitob-albom taqdimoti Dehlida ham oʻtayotgani bizni quvontiradi. Bunday tadbirlar oʻz navbatida hududlarning chambarchas aloqalarini yanada mustahkamlaydi.
Hindiston Press-klubiga aʼzo yetakchi media vakillari — ndtv india bosh muharriri Manorajan Bxarati, Delhi Bureau rahbari Abdul Bori Maʼsud hamda Praditin nashri bosh muharriri Ashish Guptalar kitob haqida soʻz yuritib, nashr haqida tayyorlanadigan materiallar Hindistonda Axsikent arxeologiya merosi obyektiga boʻlgan qiziqishni yanada orttirishini taʼkidladilar.
Taqdimot marosimida Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi Aziz Baratov ishtirok etdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring