“Debyut start — 2021” yoshlar kinofestivalining gʻoliblari taqdirlandi
“Milliy kinematografiya – Yangi Oʻzbekiston timsoli” kinooyligi doirasida «Oʻzbekfilm» kinokonsernida Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start — 2021” yoshlar milliy kinofestivali boʻlib oʻtdi.
Yoshlar milliy kinofestivali “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida yosh kinoijodkorlar oʻrtasida ijodiy raqobat muhitini shakllantirish, Yangi Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar, yangicha gʻoyalar va qarashlarni aks ettirish maqsadida oʻtkazildi.
“Debyut start — 2021” qisqa metrajli filmlar festivalida gʻoliblar “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida “Olimpiada” filmi uchun Umrbek Roʻzimov, “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Hali urush tugamadi” filmi uchun Odilbek Kasimov, “Eng yaxshi rassom” nominatsiyasida “Hali urush tugamadi” filmi uchun Muhammadali Rahimov, “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida “Montaj” filmi uchun Asliddin Amrullayev, “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida “Qovoq mening jonu dilim” filmi uchun Oyparcha Abdullayeva, “Hayʼatning maxsus sovrini” bilan “Sharpa” filmi va “Yangi Oʻzbekistonning gʻoyasi” nominatsiyasida “Hali urush tugamadi” filmlari taqdirlandi.
Shuningdek, “Gran-pri” sovrinlari: 3 darajali cyertifikat “Hali urush tugamadi” filmi uchun 200.000.000 soʻm miqdordagi grant, 2 darajali sertifikat “Montaj” filmi uchun 300.000.000 soʻm miqdordagi grant, 1 darajali bosh sovrin “Hali urush tugamadi” filmi uchun 500.000.000 soʻm miqdordagi grant 2022-yilda yangi kinoloyihalar suratga olish uchun taqdim etildi.
Milliy kinofestival davomida yoshlar uchun shou-konsert tashkil etildi. “Milliy kinematografiya — Yangi Oʻzbekistonning timsoli” kinooyligi doirasida shuningdek, oldinda qator tadbirlar hamda yangi filmlarning premyeralari boʻlishi kutilmoqda. Kinooylik 2022-yil 14-yanvargacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring