“Debyut” kinofestivalining yopilish marosimi boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 24-dekabr kuni soat 15:00 da Oʻzbekfilm kinokonsernining katta pavilyonida “Yangi Oʻzbekiston – tinchlik, maʼrifat, taraqqiyot” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan “Debyut” talaba-yoshlar kinofestivalining yopilish marosimi oʻtkaziladi. Unda yosh ijodkorlar 10 ta nominatsiya boʻyicha taqdirlanadi.
Festival Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinoarboblar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbir yurtimizda yosh isteʼdodli kinoijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, mahoratli talaba yoshlarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish, milliy kino sanʼati vakillari bilan hamkorlikda kinematografiya sohasini rivojlantirish, yoshlar hamda milliy kinoindustriya vakillari bilan hamkorlikda qoʻshma kino loyihalari yaratishni kengaytirish hamda ushbu sohada ilmiy tadqiqot izlanishlarni amalga oshirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring