Davomli shovqinning inson hayoti uchun oʻta xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi

Odatiy ovoz balandligi 60-110 detsibel boʻlgan quloqchinlar kunimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda olimlar 85 detsibel va undan yuqori shovqinlar davomiy boʻlganida xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishini aniqladi.
“The Lancet” xalqaro ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, 85 detsibeldan yuqori 8 soatlik davomli shovqin yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlari xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, ushbu holat bosh miya va eshitish organlari oʻrtasidagi aloqani izdan chiqarishi ehtimoli yuqori. Oqibatda eshitish qobiliyatining toʻliq yoʻqolishi, quloqda shovqin paydo boʻlishi bilan bogʻliq patologiyalar yuzaga keladi.
Qolaversa, baland tovushlar uyqusizlik, stress, asab tizimi muammolari va immunitet zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Bu esa surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi.
Quyida biz kun davomida duch keladigan shovqinlarning darajalari:
Tirbandlikdagi shovqin (mashinalar, signal): 70-80 dB
• Kofe doʻkonidagi suhbatlar va fon shovqini: 70 dB
• Tushlik vaqtida gavjum restoran: 80 dB
• Shahardagi avtobus yoki tramvay ovozi (yaqin masofada): 85-90 dB
• Yuqori tezlikdagi mashinalar: 90-100 dB
• Qurilish maydonchasidagi shovqin: 100-110 dB
Achinarlisi, odamlar kun davomida soatlab foydalanadigan quloqchinlardagi musiqaning balandligi odatda 60-110 detsibel atrofida boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring