Davlat va korporativ qimmatli qogʻozlarning yagona hisobi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda yuritiladi
Foto: Arxiv surat
“Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-291, 02.09.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
— “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga oʻzgartiriladi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka oʻtkaziladi;
— “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ taʼsischiligida “Milliy kliring markazi” AJ tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan davlat va korporativ qimmatli qogʻozlarning yagona hisobi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda yuritiladi.
2028-yil 31-dekabrgacha “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ, “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ va “Toshkent” respublika fond birjasi” AJ mablagʻlarni maqsadli ravishda ularni rivojlantirishga yoʻnaltirgan holda dividendlarni hisoblash va toʻlashdan ozod qilinadi.
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy qilinadi.
2023-yil 1-oktyabrdan:
— davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan soʻng kamida 7 yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividend toʻlashga yoʻnaltiriladi;
— davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi anderrayterlarning xizmat haqi qimmatli qogʻozlar rejalashtirilganga nisbatan qimmatroq va (yoki) koʻproq joylashtirilganligi natijasida shartnomada kelishilgan miqdordan oshgan hollarda, shartnoma boshlangʻich narxini 10 foizdan ortiqqa oshirmaslik toʻgʻrisidagi cheklov bekor qilinadi.
Qimmatli qogʻozlar fond birjasi listingiga kiritilmagan aksiyadorlik jamiyatlarining rasmiy veb-sayti boʻlishi haqidagi majburiy talab bekor qilinadi, bundan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring