Davlat tilida taomnoma taqdim etmagan yemakxona jarimaga tortildi
Raqobat qoʻmitasi reklama qonunchiligiga rioya etmagan va taomnomani davlat tilida taqdim qilmagan umumiy ovqatlanish korxonasini jarimaga tortdi. Bu haqda qoʻmitaning matbuot xizmati xabar qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirilgan murojaatga koʻra, “Salmon Lazzat” OK (Ikrom shashlikxonasi) tomonidan tegishli hujjatga ega boʻlmagan holda reklama joylashtirilganligi va taomnomada maʼlumotlar xorijiy tilda taqdim etilgani maʼlum boʻldi.
Buning natijasida, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Salmon Lazzat” OKga nisbatan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish Qoidalari” talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ish koʻrib chiqilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi hamda moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring