Davlat sport maktablariga katta mablagʻ berilayapti, lekin terma jamoalardagi yoshlarning atigi 20 foizi…

13:58 13 Fevral 2025 Siyosat
89 0

Soʻnggi yillarda sportga xususiy sektor kirib keldi.

Lekin olimpiya sport musobaqalari haligacha faqat davlat sport maktablari oʻrtasida oʻtkazilayapti. Yaʼni, bu musobaqalar xususiy klublar uchun yopiq. Xususiy klublar faqat noolimpiya sport musobaqalarida qatnashib yurishga majbur.

Davlat sport maktablariga katta mablagʻ berilayapti. Lekin, terma jamoalardagi yoshlarning atigi 20 foizi shu maktablardan chiqayapti.

Endilikda xususiy sport klublarining yagona reyestri yuritilishi, ularning faoliyati boʻyicha standart va mezonlar yaratilishi belgilandi. Yoshlarning qamrov darajasiga qarab klublarga bepul sport jihozlari ajratiladi. Xususiy trenerlarga oʻzini oʻzi band qilish huquqi beriladi.

Muhimi, xususiy klublardagi yoshlarimiz barcha musobaqalarda oʻz nomidan ishtirok etishi mumkin boʻladi va natijasiga qarab terma jamoalarga qabul qilinadi.

Shuningdek, Toshkent shahrida 5 ta, viloyatlarda 1 tadan past quvvatlarda ishlayotgan sport maktabini xususiy sheriklikka berish boʻyicha loyihalarni boshlashga koʻrsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер