Davlat rahbarining topshirigʻiga koʻra tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi

12:16 16 Yanvar 2024 Siyosat
331 0

Toʻgʻri ishlayotgan, tushumlarini toʻliq koʻrsatib, soliqlarini oʻz vaqtida toʻlayotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam boʻlsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni davom ettiramiz - dedi Prezident yigʻilishda.

Davlat rahbarining topshirigʻiga koʻra tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi. Endi ular faoliyatiga soliqchilar baho bermaydi, ragʻbatlantirish choralari ham reyting asosida belgilanadi hamda bu tadbirkorlar kutayotgan adolatli yechim boʻladi.

Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun:

- barcha soliq tekshiruvlari bekor boʻladi;

- qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi bir kunda tekshiruvlarsiz qaytarib beriladi (hozir 7 kundan 30 kungacha);

- boshqa soliq turlari boʻyicha ortiqcha toʻlov summasi uch kunda qaytarib beriladi (hozir 15 ish kunida);

- tovarlarni import qilishda va sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini bojxona va soliq organlarida oʻzaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi;

- tumanlarda auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini boʻlib toʻlash muddati 3-yildan 5-yilgacha uzaytiriladi.

Har bir tadbirkor real vaqt rejimida oʻz oʻrni va bahosini bilib boradi.

Savdo-sanoat palatasiga oʻz saytida reyting natijalarini onlayn eʼlon qilib, tadbirkorlar soʻrovlariga tezkor javob berib borish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер