Davlat mulki xaridoriga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi
Qonunga koʻra, xususiylashtiriladigan davlat mulki boʻyicha:
— davlat koʻchmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari, xaridor hamda balansda saqlovchi ishtirokida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi;
— davlat muassasalarining, davlat unitar korxonalarining, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari va xaridor oʻrtasida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi.
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin, 5 ish kuni ichida xaridorga davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YAIDXP (my.gov.uz) vositasida QR-kod qoʻyilgan holda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.
Davlat mulkini xususiylashtirish va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining, jalb qilingan savdolar tashkilotchisining hamda investitsiya vositachisining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring