Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi

12:03 16 Noyabr 2023 Hujjatlar
291 0

“Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 15.11.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024–2026-yillarda:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan:

— kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldigʻi 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi;

— kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi;

— 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;

— 150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:

— kichik va oʻrta tadbirkorlarga koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion soʻmdan 14 trillion soʻmga yetkaziladi;

— 150 ta oʻrta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;

— oʻrta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;

— 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.

2023-yil 15-dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yoʻnalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlanadi.

2024-yil 1-iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.

2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard soʻmgacha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер