Davlat byudjetining 2020-yil toʻqqiz oyi yakunlari nimalarni koʻrsatmoqda?
Kecha boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida hukumat taqdim etgan hisobot deputatlar tomonidan qizgʻin muhokama qilindi, mulohaza va takliflar bildirildi. Xususan, hisobotdan shu narsa ayon boʻldiki, koronavirus pandemiyasi va global inqiroz asoratlari Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham taʼsir oʻtkazmasdan qolmagan. Buni 2020-yilning 9 oyi yakuniga koʻra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 foizga oʻsgani misolida ham kuzatish mumkin. Yoki 9 oylik Davlat byudjeti daromadlari qariyb 94,5 trillion soʻmni tashkil etyapti, bu albatta, koronavirus pandemiyasi davrida karantin holatlarini eʼtiborga olgan holda aniqlashtirilgan prognoz koʻrsatkichlari 102,9 foizga yoki 2 661 mlrd. soʻmga oshirib bajarilganini koʻrsatmoqda.
Aytmoqchimanki, 9 oyda ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 53,6 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan. Bu umumiy xarajatlarning 52,5 foiziga tengdir. Yoki bu xarajatlar YAIMga nisbatan 13,1 foiz ekanini koʻrsatib turibdi. Bu mablagʻlarning 84 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari uchun sarflangan.
Shu oʻrinda men davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 9 oy yakunlari boʻyicha hisobotga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Hammamizga maʼlumki, davlat maqsadli jamgʻarmalari tegishli sohalarni rivojlantirish, koʻmak berish maqsadida sarflanadi. Masalan olaylik, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasining joriy yilning 9 oyligi daromadlar prognoz koʻrsatkichlari 136,2 mlrd soʻmni tashkil etib, 82,3 mlrd soʻmga yoki rejaga nisbatan 60,3 foizga bajarildi.
Endi jamgʻarmaning daromadlari qaysi manbalardan shakllanganiga eʼtibor qarataylik. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 2020-yil 9 oylik daromadlar rejasi 134,0 mlrd soʻm boʻlib, 85,6 mlrd soʻmga yoki belgilangan parametrga nisbatan 63,9 foizga bajarilgan. «Oʻzbekbaliqsanoat» uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasining 2020-yil 9 oylik daromadlar rejasi 199,9 mln. soʻm boʻlib, daromadlar ijrosi 266,5 mln. soʻmni tashkil etdi yoki ijro belgilangan parametrga nisbatan 133,3 foizga bajarildi.
Jumladan, ushbu tushumlar tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish hisobiga shakllanganini taʼkidlash joiz. Jamgʻarmaning 2020-yil 1-oktyabr holatiga xarajatlari rejasi 199,9 mln. soʻmni tashkil etib, haqiqatda xarajatlar ijrosi 265,0 mln. soʻmga yoki rejaga nisbatan 132,6 foizga bajarilgani yaxshi natija. Ushbu mablagʻlar baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari shakllantirilishini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlarga yoʻnaltirilgan.
Koʻrinib turibdiki, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish masalalarida yutuqlar bilan birga baʼzi muammo va kamchiliklar ham mavjud. Binobarin, davlat byudjeti mablagʻlari oʻrnida va zarur maqsadlar yoʻlida saflansa, albatta u iqtisodiyotimizni yana-da rivojlantirishga, tovar va moddiy boyliklarni koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Barno MIRZAMOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring