Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi belgilandi

17:28 05 Noyabr 2025 Hujjatlar
801 0

Hukumat qarori (694-son, 04.11.2025-y.) bilan “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur nizomga koʻra, tibbiyot tashkilotlarida yoʻllanma asosida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam quyidagilarga koʻrsatiladi:

  • tuman (shahar) va hududiy darajalarda – aholining barcha toifalariga;
  • respublika darajasida – imtiyozli bemorlarga.

Shuningdek, davlat byudjeti hisobidan tibbiy yordam olish uchun bemorlar oʻzi biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi.

Biriktirilgan oilaviy shifokor tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi hamda tor soha mutaxassisi koʻrigiga yoʻnaltiriladi.

Tor soha mutaxassisi tomonidan bemorlar 1 ish kunida amaldagi klinik protokollar hamda tashxislash va davolash standartlariga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Bemorlarga statsionar sharoitda tibbiy yordam olishga koʻrsatma boʻlganda, tor soha mutaxassisi yoki oilaviy shifokor tomonidan tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasasida rejali statsionar tibbiy yordam olish uchun axborot tizimi orqali yoʻllanma beriladi.

Bemor maʼlumotlari respublika darajasidagi yoʻnalish boʻyicha tibbiy-tanlov komissiyalari tomonidan oʻrganiladi va natijasi boʻyicha 2 ish kunida elektron axborot tizimi orqali xulosa beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер