Davlat bogʻchalarida tarbiyalanuvchilar grippga qarshi bepul emlanadi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistondagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari grippga qarshi bepul emlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, davlat tomonidan 520 ming doza grippga qarshi vaksinalar xarid qilinib, maktabgacha taʼlim tashkilotlari bolalarini emlash uchun hududlarga tarqatilgan.
Taʼkidlanishicha, bolalar, xususan maktabgacha yoshdagilar grippga nisbatan eng himoyasiz qatlam hisoblanadi. Ular jamoada koʻp boʻlgani sababli virus tez yuqadi.
Fevral oyida kasallik ogʻir kechish xavfi yuqori boʻlgani bois, emlash bolalarni pnevmoniya, bronxit, otit kabi ogʻir asoratlardan himoya qiladi, shuningdek, bogʻchalarda ommaviy kasallanishning oldini oladi. Emlangan bolalar organizmida 10–14 kun ichida immunitet shakllanadi va ular mavsum oxirigacha himoyalangan boʻladi.
Jarayonida bolalar shifokor koʻrigidan oʻtkaziladi hamda sogʻlom bolalar grippga qarshi emlanadi. Vaksina kasallanishni toʻliq oldini olmasa-da, uning yengil shaklda oʻtishiga va asoratlarning oldini olishga yordam beradi.
Bildirilishicha, emlash joriy yilning fevral oyi oxirigacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring