Davlat Bobonov qatorasiga ikkinchi yil jahon reytingini peshqadamlik bilan tugatmoqda
Isroilda oʻtgan dzyudo boʻyicha Masters musobaqasidan soʻng sportchilarning yangilangan reyting jadvali eʼlon qilindi. Turnirdan soʻng bir qator vazn toifalarida oʻzgarishlar yuz berdi. Biz uchun ahamiyatlisi, Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasidagi yetakchilikni saqlab qoldi va bu yil ham oʻz vazn toifasida reytingni birinchi pogʻonada tugatadigan boʻldi. Yil yakunidagi peshqadamlik uchun Bobonov Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Afsuski, Diyora Keldiyorova (-52 kg) toʻrtinchi pogʻonaga tushib qoldi. -73 kg vazndagi muvaffaqiyatga erishgan Ahadov va Yoʻldoshev ham sezilarli yuqoriladi. Batafsil:
-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 7045 ochko
24. Dilshodbek Baratov – 1873
-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 7484 ochko
11. Sardor Nurullayev – 2792
22. Muhriddin Tilovov – 1784
-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 6615 ochko
7. Murodjon Yoʻldoshev – 3671
11. Shahram Ahadov – 2920
12. Obidxon Noʻmonov – 2808
22. Hikmatilloh Toʻrayev – 1964
-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 9296 ochko
5. Sharofiddin Boltaboyev – 4013
-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 6298 ochko
2. Sanshiro Murao (Yaponiya) – 5800
-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 5752 ochko
9. Muzaffarbek Toʻraboyev – 3598
27. Otabek Toʻraboyev – 1532
+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 6024 ochko
6. Alisher Yusupov – 4201
21. Shohruh Baxtiyorov – 2310
39. Bekmurod Oltiboyev – 926
Ayollar:
-52 kg:
1. Chelsi Jayls (Buyuk Britaniya) – 6190 ochko
4. Diyora Keldiyorova (Oʻzbekiston) – 5858
29. Sita Qadamboyeva – 1287
-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 6720 ochko
17. Gulnoza Matniyazova – 2826
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring