Daraxtzorlarning noqonuniy kesilishi kosmik monitoring orqali aniqlanadi
“Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik maʼlumotlardan foydalanishni kengaytirish va qishloq xoʻjaligi quyi boʻgʻinida boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Mazkur farmonga koʻra, 2026-yildan boshlab, har kalendar yil yakuniga qadar respublika boʻyicha kosmik texnologiyalar imkoniyatidan kelib chiqqan holda daraxtzorlarning noqonuniy kesilishini kosmik monitoring orqali aniqlash yoʻlga qoʻyiladi.
2026-yildan Energetika vazirligi tomonidan Agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda quyidagi loyihalar sinov tariqasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
- elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 2026-yil 1-avgustgacha Toshkent viloyati Boʻka tumanida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari holati aerokosmik monitoringdan oʻtkaziladi;
- “yashil” energetikani rivojlantirish maqsadida 2026-yil 1-oktyabrgacha Surxondaryo viloyatida quyosh panellarini joylashtirish va yuqori samaradorlikka erishish imkoniyati mavjud boʻlgan maydonlar aniqlanadi.
Shuningdek, Transport vazirligi tomonidan temir yoʻllar holatini tezkor nazorat qilishga oʻtish maqsadida Agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda 2026-yil 1-oktyabrgacha Toshkent–Angren yoʻnalishidagi temir yoʻlda aerokosmik monitoring amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring