Daraxtlarni nomiga emas, kelajagimiz uchun ekish lozim
Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” mahallasidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududida barcha tashkilot va muassasalar tomonidan manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

Jizzax shahridagi “Istiqlol” istirohat bogʻi, mavjud korxona, tashkilot va muassasalar hududida 6 ming nafardan ortiq aholi 150 gektardan ziyod joyga 100 ming dona koʻchat qadadi. Ekilgan har bir nihol “Yashil makon” platformasi orqali roʻyxatga olinib, ularning parvarishi uchun masʼul shaxslar biriktirildi. Oʻz navbatida, masʼullar ekilgan koʻchatlarning unib-oʻsishini nazoratga oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring