Dam olish kunlarida havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonda 13-14-fevral, dam olish kunlarida havo harorati biroz koʻtarilishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 13-fevral kuni kunduzi Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi yogʻingarchilik asta-sekin sharqqa tomonga siljiydi. Faqat markaziy va sharqiy hududlar boʻyicha, shuningdek, respublikaning eng chekka janubida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.
14-fevral, shanba kuni kunduzi va 15-fevral, yakshanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati koʻtariladi, juma kuni 10-15 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 17-22 darajagacha iliq boʻladi. Kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 13-fevral kuni kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi,harorat 10-12 daraja iliq boʻladi. Shanba kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin 17-20 daraja iliqqacha koʻtariladi. Kechalari 6-9 daraja iliq boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring