Dam olish kunlari havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda

13:20 19 Sentyabr 2025 Jamiyat
299 0

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 19-21-sentyabr kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi.

Shanba kuni choʻl hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni Oʻzbekistonning markaziy hududlari boʻyicha kunduzgi harorat 32-34 darajaga yetadi.

20-21-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Bu kunlarda havo harorati 23-28 daraja atrofida boʻladi.

Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzgi havo harorati: bugun 26 daraja, ertaga 28-30 daraja, yakshanba kuni esa 32-34 daraja atrofida boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер