Dam olish kunlari bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda
Bugun va ertaga kichik gradiyentli yuqori bosimli maydon ob-havo sharoitini belgilaydi. Respublikamizda kam bulutli ob-havo ustun boʻladi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim togʻli tumanlarida yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli bor.
Harorat kunduz kunlari 35-40° ni tashkil etadi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shanba kuni baʼzi joylarda changli boʻron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi.
Yakshanba kuni Rossiyaning Yevropa hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu havo massalari mamlakatimizning janubiy hududlariga qulay harorat olib keladi. Faqat togʻ oldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, respublikaning tekislik hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat meʼyordan 2-4° past boʻladi va kechasi 15-18°, kunduzi 29-32°, janubda 34-37° atrofida boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring