Dam olish kunlari baʻzi joylarda qor yogʻishi kutilmoqda

12:55 11 Dekabr 2025 Jamiyat
415 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 12-15-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 14-dekabrda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, faqat 14-dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 12-14-dekabrda 3-8 daraja iliq, 15-dekabrda 0-5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 12-dekabrda yomgʻir yogʻadi. 13 va 15-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-dekabrda 2-7 daraja iliq, 13-15-dekabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-13-dekabrda 10-15 daraja iliq boʻladi, 14-15-dekabrda 5-10 daraja iliqqacha pasayadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, faqat 14-dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 12-14-dekabrda 3-8 daraja iliq, 15-dekabrda 0-5 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 12-dekabrda kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 13-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-dekabrda 4-9 daraja iliq, 13-15-dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-dekabrda 11-16 daraja iliq boʻladi, 13-15-dekabrda asta-sekin 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, faqat 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-dekabrda 4-9 daraja iliq, 13-15-dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-dekabrda 14-19 daraja iliq, 13-dekabrda 11-16 daraja iliq, 14-15-dekabrda 10-15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 12-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 14-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 15-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 12-dekabrda baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-13-dekabrda 8-13 daraja iliq, 14-15-dekabrda 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 12 va 14-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер