Dala chetlaridan foydalanish tartibga solinmoqda

12:11 31 Oktyabr 2025 Siyosat
319 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Senatning 11-yalpi majlisida “Dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sohaning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Biroq dala chetlariga ekin ekmaslik va yil davomida mahsulot yetishtirmaslik holatlari aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga hamda bozorlarda mahsulotlarning tannarxiga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Bu esa, oʻz navbatida, sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida qonunchilikka muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarda va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi uchun maʼmuriy jarima qoʻllash nazarda tutilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Shuningdek, Soliq kodeksida dala chetlaridagi bunday maydonlarda maqbul ekin ekilmagan taqdirda, mazkur yer uchastkasining ekin ekilmagan qismi uchun yer soligʻi stavkasini uch baravar miqdorda hisoblash belgilanmoqda.

Senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi natijasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda mahsulot yetishtirilishini samarali tashkil qilishga, sugʻoriladigan yerlardan unumli va toʻlaqonli foydalanishga erishiladi, degan fikr bildirildi.

Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?