Dakka shahri kurash boʻyicha Janubiy Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Chempionat joriy yil 17-18-mart kunlari Bangladesh sport va yoshlar vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi hamda Bangladesh kurash assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etiladi.
Kuni kecha Toshkentda joylashgan Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi raisi Komil Roʻziyev tashabbusi bilan Bangladesh sport va yoshlar vazirligi, ushbu davlat Milliy olimpiya qoʻmitasi mutasaddilari, mutaxassislari ishtirokida onlayn tarzda chempionatga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.
Musobaqalar doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, xususan kurash murabbiylari va hakamlar uchun xalqaro seminar, kurashning azaliy anʼanalari, kelib chiqish tarixi boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Aytish lozim, Janubiy Osiyo hududida kurash sporti soʻnggi yillarda barqaror rivojlanmoqda. Osiyo-Okeaniya tarkibiga kiruvchi 8 ta davlatdan 6 tasida kurash federatsiyalari ish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Bangladesh kurash assotsiatsiyasi 2019-yilda faoliyatini boshlagan boʻlib, qisqa fursatda Xalqaro kurash assotsiatsiyasining toʻlaqonli aʼzolaridan biriga aylandi. Mamlakat sportchilari qitʼa va jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etib kelmoqda.
Muloqot davomida taʼkidlanganidek, Janubiy Osiyo chempionatini tashkil etish borasida Bangladesh kurash assotsiatsiyasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib bormoqda. Musobaqalar “Mujib Centenary International Rankala Krira-2023» madaniy dasturlari doirasida Milliy sport kengashi gimnaziyasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Suhbat davomida chempionatning ramzi, gʻolib va sovrindor sportchilar uchun beriladigan medal va diplomlar, mehmonlarga taqdim etiladigan esdalik nishonlari xususida ham fikrlashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring