Sunʼiy intellekt sabab qaysi kasb egalari ishsiz qolishi maʼlum – WEF
Jahon iqtisodiy forumi “Kasblar kelajagi”ni oʻrgangan hisobotini eʼlon qilindi. Hisobotni tayyorlashda sunʼiy intellektning (SI) kasblarga taʼsiri borasida ommaviy soʻrovnoma oʻtkazilgan. Bu haqida CNN nashri xabar berdi.
Unga koʻra, soʻrovda qatnashgan yuzlab yirik kompaniyalarning 77 foizi sunʼiy intellekt kasblarni egallashidan xavotirda ekanligini bildirgan. SI bilan teng ishlash borasida oʻz xodimlarini tayyorlash bosqichini ham oʻtkazish niyatida ekanligini bildirishgan.
Dunyo boʻylab kompaniyalarning deyarli yarmi esa 2030-yilga kelib oʻz xodimlarini sunʼiy intellektga almashtirmoqchi ekanligi maʼlum qilgan. SI maʼlum vazifalarni avtomatik bajara olishini hisobga olib ish beruvchi kompaniyalarning 41 foizi xodimlarni qisqartirish niyatida ekanligini taʼkidlagan.
Birinchi navbatda, yozma ishlar bilan shugʻullanadigan xodimlar va buxgalterlarning ishlarini sunʼiy intellekt egallaydi. Soʻngra, grafik dizaynerlar va huquqshunoslar ishi AI zimmasiga yuklanishi mumkin.
Dunyo boʻylab 70 foiz kompaniyalar neyron tarmoqlar hamda sunʼiy intellekt yaratuvchi mutaxassislarni ishga qabul qilish fikrida ekanligini bildirgan. Hisobotda keltirilgan 62 foiz kompaniyalar, hech boʻlmagandi SI bilan ishlashni biladigan kadrlarni ishga olish niyatidalar, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring