“Covid-19” va “Ispan” grippining umumiy xususiyatlari maʼlum qilindi

09:30 31 Oktyabr 2020 Dunyo
1011 0

Koronavirusning yangi turi hamda “Ispan” grippi pandemiyasining virus-qoʻzgʻatuvchilari tarqalishida umumiy xususiyatlar mavjud.

Bu haqda Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi, professor Vladimir Chulanov maʼlum qildi.

“Koronavirus ham havo-tomchi orqali yuqadigan nafas yoʻllari infeksiyasidir. Shu bois, albatta, tarqalish borasida umumiy xususiyatlar mavjud boʻladi”, - deya taʼkidlamoqda ekspert.

Ammo, qayd etilishicha, koronavirusning epidemik xususiyati hamda yuqumlilik darajasi gripp virusidan yuqoridir.

Maʼlumot oʻrnida, “Ispan” grippi pandemiyasi 1918-yildan 1920-yilgacha davom etgan va xastalikka chalinganlar hamda oʻlim koʻrsatkichlari boʻyicha eng keng tarqalgan gripp pandemiyasi sifatida tarixda qolgan.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 100 millionga yaqin odam “Ispan” grippidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?