Chorva ozuqasini yetishtirishda yer maydonlarini ajratishga doir normalar oʻzgarmoqda

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, aholining chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchilar bilan hamkorligini kuchaytirish, oʻz xonadonlarida chorva mollari boqishni tashkil etish kabi masalalarda zarur tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qayd etish joizki, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, aholini arzon va sifatli goʻsht hamda sut mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlash, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholini band qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mazkur Qonun bilan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda Yer kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.
Xususan, Qonunda Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida dehqon xoʻjaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 5 gektargacha yer ajratib berilishi belgilanmoqda.
Senatorlar tomonidan ushbu Qonun muhokamasi jarayonida Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga va mazkur sohada mahsulot ishlab chiqarishning barqaror oʻsishini taʼminlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring