Chiroqchi tumanidan Koʻkdala tumani tarkibiga qancha yer maydoni oʻtkazilishi ochiqlandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar dastlab Qashqadaryo viloyati tarkibida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi chogʻida Chiroqchi tumani chegarasining kattaligi va aholining koʻpligi, shuningdek, tuman markazi aholi istiqomat qilish joyidan uzoqligi sababli alohida tuman – Koʻkdala tumanini tashkil etish boʻyicha taklif bildirilgan edi.
Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr boʻlib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi. Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga koʻra, odamlar oʻzining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.
Bugungi kunda tumanda 2 137 ta korxona, shundan 324 ta sanoat korxonasi mavjud. Shuningdek, 230 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 234 ta umumtaʼlim maktabi hamda 8 ta oilaviy poliknika faoliyat yuritib kelmoqda.
Chiroqchi tumanidan Koʻkdala tumaniga 171 ming gektar yer maydoni, aholining 177 ming nafari Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazilmoqda. Oʻzgarishlarga koʻra, Koʻkdala tumani tarkibiga 162 ta sanoat korxonasi, 1 ta kichik sanoat zonasi oʻtkazilib, 10 ming gektar lalmi va adir yerlarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi asosida bogʻ-tokzorlar tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring