Chiroqchi tumanida tadbirkor karton qutilar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi
Tadbirkor Baxtiyor Ashurov yaqinda “Koʼktosh Paper BOX“ masʼuliyati cheklangan jamiyatini taʼsis etib, uning negizida supermarket va savdo nuqtalari uchun zarur boʻlgan 14 xil oʻlchamdagi karton qutilar ishlab chiqara boshladi.
— Aslida bu mahsulot arzimasdek tuyulsada, Chiroqchida unga talab nihoyatda katta ekan, — deydi Baxtiyor Ashurov. – Biz bozorni chuqur oʻrganib, ishonch hosil qilganimizdan soʻng Xitoydan 105 ming dollarga karton qutilar ishlab chiqarishga moʻljallangan maxsus uskuna xarid qildik.
Ayni paytda korxona hududdagi oziq-ovqat mahsulotlari, turli suvinerlar, roʻzgʻor buyumlari va shu kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi subyektlarga qattiq va yumshoq koʻrinishdagi karton qutilar yetkazib berilyapti. Buyurtmalar koʻp, ish qizgʻin. Ammo jamoa bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Mijozlar sonining oshib borishi va moliyaviy imkoniyatlarning kengayayotgani ishni yanada rivojlantirishga imkon yaratmoqda.
— Endilikda kiyim-kechaklar uchun moʻljallangan, chiroyli dizaynga ega maxsus qutilar ishlab chiqarishni ham oʻzlashtirish harakatidamiz, — deydi tadbirkor. — Chunki hududdagi tekstil korxonalarining oʻzi bizga shunday taklifni bildirmoqda. Agar ushbu loyihani ham muvaffaqiyatli amalga oshirsak, faoliyatimiz yana bir necha barobarga kengayadi.
Eʼtiborli jihati, ayni vaqtda korxonada 7 nafar mahalliy yigit-qiz ish bilan taʼminlangan boʻlsa, qoʻshimcha uskunalar xarid qilinib, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgach, yana 10 ta yangi ish oʻrni ochiladi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring