Chiqindidan iqtisodiy yuksalish sari
Andijon viloyatida chiqindilarni qayta ishlash orqali tayyor mahsulot ishlab chiqarish koʻlami tobora kengayib bormoqda. Bu jarayon nafaqat, viloyat iqtisodiyotini yuksaltirishga, balki hudud ekologiyasi sofligini taʼminlashga ham xizmat qilmoqda. Jumladan, Andijon tumanidagi “Texno innovator” MCHJda 200 turdan ziyod mahsulot tayyorlanayotgani sanoat tarmogʻidagi oʻsish surʼatlarini yaqqol namoyon etmoqda.

– Korxonamiz 2007-yilda tashkil etilgan boʻlib, bu yerda hozir import oʻrnini bosuvchi plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarmoqdamiz,-deydi korxona taʼsischisi Farhodbek Mirzayev. -Shuningdek, Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan mashinalar uchun bir nechta turdagi ehtiyot qismlarini tayyorlaymiz. Oʻtgan yili 45,1 milliard soʻmlik 7,5 million dona mahsulot ishlab chiqarildi. Shundan 1 million 210 ming dollarlik mahsulot Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va boshqa davlatlarga eksport qilindi.

Andijon tumanida joylashgan mazkur korxonada keyingi yillarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga qaratilgan qator amaliy ishlar bajarildi. Xususan, 2024-yilda Xitoydan qiymati 674 ming AQSH dollariga teng besh turdagi, 2025-yilda esa 790 ming dollarlik toʻrt turdagi termoplast dastgohlari hamda bir necha xil qoliplar olib kelinib, ishga tushirildi. Bugungi kunda 125 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxonada dam olish xonasi, tibbiy punkt va bepul tushlik kabi sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga, texnikumlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, “Korxona – taʼlim muassasasi” tizimi asosida oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashiga imkoniyat yaratilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring