Chilonzorda inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop “savdogarlari” qoʻlga tushdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar ushlandi.
Maʼlum boʻlishicha, B.X. va A.X. fuqaro M.X.га jami 84 dona “Regapen” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi, dorixonada maxsus retseptsiz sotilmaydigan, dori vositasini 5 million soʻmga sotgan vaqtlarida qoʻlga olingan. Fuqaro A.X.нинг yonidan yana 18 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida protokolga rasmiylashtirib olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq internet tarmogʻida giyohvandlik vositalari yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatganlik, reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring