Chet tilini bilish daraja sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga tushdi
Toshkent shahrida fuqaroga magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. va boshqalar fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga oʻqishga kirishi uchun tanishlari yordamida 1 900 AQSH dollari evaziga “V 1” sertifikatini olib berishlarini vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Andijonda hokim oʻrinbosari va statistika boʻlim boshligʻi, Toshkentda esa pensiya jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi pora bilan qoʻlga tushgani haqida xabar qilgandik. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring