Chet davlatlarda Faxriy konsullar ish olib boradi
Foto: X.Paydoyev / Xalq soʻzi
Munisxon Karimova, “Xalq soʻzi Online”/Toshkent. Bugungi kunda dunyoning 33 ta davlatida Oʻzbekistonning davlat elchixonasi faoliyat yuritmoqda. 4 ta nufuzli xalqaro tashkilotlarda esa doimiy vakolatxona ish olib boryapti. Umuman, dunyoning 54 ta nuqtasida Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari tashkil etilgan.
Yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarda aynan xalqaro maydonlarda ish olib borayotgan yurtdoshlarimizning ishtirokini va masʼuliyatini kuchaytirish – dolzarb vazifaga aylandi.
Oliy Majlis Senatining 17 yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni senatorlar tomonidan maʼqullandi.
U avvalo, konsullik muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.
Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlandi. Unga binoan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda viza soʻrovnomalari, hujjatlarni talab qilib olish uchun arizalar berish, konsullik hisobiga olish kabi xizmatlar koʻrsatishga doir konsullik funksiyalari ham belgilandi.
Yana bir yangilik: Ustav faxriy konsulning huquqiy maqomini belgilab beruvchi nizom bilan toʻldirildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ham, konsulxona joylashgan davlatda munosib ijtimoiy mavqeni egallagan va zarur shaxsiy fazilatlar egasi boʻlgan, shuningdek zimmasiga yuklatilgan konsullik vazifalarini lozim darajada bajarish imkoniyatiga ega shaxslardan boʻlgan chet davlat fuqarosi ham Faxriy konsul boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring