Chernobil qurbaqalari radiatsiyaga qarshi immunitetga ega ekani maʼlum boʻldi
Chernobil AESining hududida yashovchi qurbaqalar yuqori darajadagi radiatsiyaga chidamli boʻlib qoldi. Buni ispaniyalik olimlar aniqlashdi. Ularning tadqiqotiga koʻra, Chernobildagi radiatsiya amfibiyalarning yoshi va qarish tezligiga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan.
Olimlar 2016-2018-yillarda tutilgan 200 dan ortiq erkak qurbaqalarni (Hyla orientalis) tekshiruvdan oʻtkazishdi.
Tahlil shuni koʻrsatdiki, Chernobildagi radiatsiya daraxt qurbaqalarining yoshi va qarish tezligiga taʼsir qilmaydi. Stressga javob beradigan kortikosteron gormoni darajasi ham radiatsiya bilan ifloslanmagan hududlarda yashovchi qurbaqalardagi kabi boʻlib chiqdi. Tadqiqot Biology Letters (BioLetts) ilmiy jurnalida chop etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring