Chempionning onasi kutubxona ochdi

Dzyudo bo‘yicha jahon chempioni, ko‘p karra yozgi Olimpiada o‘yinlari sovrindori Rishod Sobirovning onasi Gulnora Rahmatova o‘zi yashab turgan Jondor tumanidagi “Pahlavon” mahallasida kutubxona ochdi.
— Gulnora opaning bu tashabbusi biz uchun ayni muddao bo‘ldi, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shuhrat Jo‘raqulov. — Hududimizda 2,5 mingdan ziyod aholi yashaydi.Ularning salkam ming nafarini voyaga yetmagan yoshlar tashkil etadi. Ular kutubxonaga kelib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilishayapti.
Mingdan ziyod kitob fondiga ega bu maskandan yangi chop qilingan adabiyotlarni sotib olish imkoniyati ham yaratilgan.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring