Chegara qoʻriqlash vzvodi uchun majmua barpo etildi

Osmonimiz musaffoligi, sarhadlarimiz xavfsizligi, yurtimizda bexavotir tonglar otishi yoʻlida Vatan himoyachilari kecha-yu kunduz hushyor. Oʻz navbatida, davlatimiz ularning oʻz xizmat burchlarini lozim darajada bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda. 26-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati organlari xodimlari kuni arafasida Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan chegara qoʻriqlash vzvodiga butun boshli binolar majmuasining qurilib foydalanishga topshirilgani fikrimiz dalilidir.
Majmua maʼmuriy va yordamchi binolardan iborat. Uning tarkibida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun 13 ta uy, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotining 20 ta oʻrinli binosi ham kiradi. Stadion, bolalar oʻyingohi va boshqa infratuzilma obyektlari esa boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish imkonini beradi. Majmuani barpo etish uchun 15 milliard soʻmga yaqin mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, soʻnggi besh yilda Buxoro harbiy-maʼmuriy sektorini rivojlantirish jamgʻarmasidan chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun 70 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflangan. Bu Qurolli Kuchlar tizimida ham islohotlar jadal borayotganidan nishonadir.
Majmuani foydalanishga topshirish munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektori rahbari B. Zaripov shu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida mulohaza yuritdi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring