Chegara punktlarida avtomobillar uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

2025-yilning 27-yanvarida “Oʻzbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi prezident qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga bilan Oʻzbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi“ tasdiqlangan.
Qarorda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida xalqaro yuk tashish hajmini kamida 2 baravar, transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravar, konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 baravarga oshirish, Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida Oʻzbekistonni 55-pogʻonadan yuqoriga koʻtarish kabi maqsadlar belgilandi.
Xalqaro yuk tashish xizmatlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavka joriy qilinadi. 2025-yil 1-iyundan davlat chegarasidagi avtomobil oʻtkazish punktlarida elektron navbat tizimi ishga tushiriladi.
Shuningdek, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun mintaqaviy oʻquv markazi tashkil qilinadi hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyida yoʻl-boʻyi servis obyektlari barpo etish reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring