Checheniston rahbari “Cybertruck” avtomobilida koʻrinish berdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Tesla bosh direktori Ilon Maskni maqtab, qurolli “Cybertruck” haydayotgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylaganidan soʻng, uni oʻz vataniga taklif qildi. Qodirovni avtomobil ustida pulemyot ushlab holda koʻrish mumkin.
“Men Ilon Maskka samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. U, albatta, zamonamizning eng kuchli dahosi va mutaxassisi. Ajoyib inson”, degan Qodirov. Shuningdek, milliarderni eng aziz mehmoni sifatida qabul qilishini aytgan.
Qodirovning aytishicha, “Cybertruck” Ukrainadagi urushda qatnashayotgan Rossiya kuchlariga beriladi. “Ishonchim komilki, bu mashina bizning qoʻshinlarimizga koʻp foyda keltiradi”, deb soʻzida davom etgan.
Inson huquqlarini poymol qilganlik, jumladan, qiynoqlar va sudsiz qotilliklarda ayblanib, AQSH tomonidan sanksiyaga uchragan chechen rahbari avtomashinani Maskdan olganini aytdi.
Avtomobil hozirda faqat Shimoliy Amerika hududlarida sotilayotgan boʻlsada, Mask joriy yil boshida 2025-yilda boshqa bozorlar uchun sertifikatlanishi mumkinligini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring