“ChatGPT”dan foydalanib, qoʻlbola bomba yasagan erkak AQSHda “Cybertruck”ni portlatib yubordi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi “Trump International” mehmonxonasi yonida portlagan “Cybertruck” avtomobili haydovchisi 37 yoshli Mettyu Livelsberger portlovchi qurilma tayyorlash hamda kerakli uskunalarni sotib olish haqidagi maʼlumotlarni “ChatGPT”dan olgan, deb xabar bermoqda “NBC News” nashri.
“Sunʼiy intellektning insonga portlovchi qurilma yaratishda yordam berishi AQSH hududida birinchi marta sodir boʻlgan boʻlsa kerak”, — deydi hudud politsiyasi sherifi jurnalistlarga bergan intervyusida.
“ChatGPT” dasturi muallifi hisoblangan “OpenAI” kompaniyasi vakili sunʼiy intellekt ushbu hodisaga tayyorgarlik uchun ishlatilganidan qattiq afsusda ekanligini bildirgan.
“Biz ushbu voqeadan qaygʻudamiz. Bizning modellarimiz zararli koʻrsatmalarni rad etishga moʻljallangan. Bu holatda, «ChatGPT” Internetda allaqachon mavjud boʻlgan ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda javob bergan», — deydi “OpenAI” vakili.
AQSHning razvedka va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha vakili Rebekka Vayner “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida “SI mavjud muammolarni oʻz zimmasiga oladi va bu ularga qimmatga tushadi”, deya taʼkidlab oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring