“ChatGPT” odamlarni aqldan ozdirmoqda. AQSHda shtat meri lavozimiga sunʼiy intellektni nomzod sifatida koʻrsatishdi

Vayoming shtati merligiga gʻayrioddiy nomzod ilgari surilmoqda. “USA Today” nashrining yozishicha, ushbu shtatda yashovchi 42 yoshli kutubxonachi Viktor Miller mer lavozimiga daʼvogarlik uchun ariza berdi. Uning nomzodi VIC nomli chatbot ekanligi koʻpchilikni taajjublantirgan.
Miller sunʼiy intellekt siyosatchilaridan (inson) koʻra maʼlumotni yaxshiroq tahlil qilishiga va boshqarishiga ishonadi. “OpenAI” shirkati esa siyosiy kampaniyani taqiqlovchi qoidalar va shartlarni buzganligi sababli VIC chatbotiga kirishni cheklab qoʻyishni muhokama qilmoqda.
Kutubxonachining taʼkidlashicha, VIC katta hajmdagi maʼlumotlarni oʻqishi va tahlil qilishi, inson siyosatchilariga qaraganda koʻproq asosli qarorlar qabul qilishi mumkin. Qizigʻi shundaki, shaharda kutubxonachining yondashuvini asosli deb hisoblovchilar ham talaygina. Ular agar saylovlarda chatbot nomzodi boʻlsa, hech ikkilanmay unga ovoz berishmoqchi.
VICʻdan tashqari yana besh nomzod, jumladan, amaldagi shtat meri Patrik Kollinz bu lavozimga daʼvogarlik qilmoqda. Vayoming shtati davlat kotibi Chak Grey Millerning nomzodiga qarshiligini bildirib, sunʼiy intellekt botlarining saylovda qatnashishi mumkin emasligini maʼlum qilgan. Shtat davlat kotibining hamfikrlari ham talaygina. Ular kutubxonachi va uning tarafdorlarini aqldan ozganlikda gumon qilishyapti.
Larami okrugi prokuraturasi nomzodni tekshirmoqda va iyul oyining boshigacha koʻrib chiqishni yakunlashi lozim. Shundan soʻnggina VICʻning saylovlarda ishtirok etishi yoki etmasligi maʼlum boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring