Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlariga 20 foizgacha ustama toʻlanadi
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va «Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari (KPI) asosida erishilgan natijadorligidan kelib chiqib, bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha miqdorda qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadi.
Ushbu ustama Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari xarajatlar smetalarida shakllantiriladigan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi doirasida toʻlanishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring