Iqtisodiyot

Yangi bogʻ va tokzorlar barpo etiladi

Uzumchilik bogʻdorchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, mamlakatning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Azaldan ajdodlarimiz uzumchilik bilan shugʻullanib kelgan, odamlarimiz uzum yetishtirishning hadisini olgan. Toyfi, husayni, kelinbarmoq va kishmish kabi uzumlarning dovrugʻi butun dunyoga maʼlum va mashhur.

18:41 08 Iyul 2021
Uzumchilik yoʻnalishida butun salohiyatimizni toʻliq ishga solishimiz zarur

Keyingi yillarda agrar sohaning boshqa yoʻnalishlari kabi yurtimizda uzumchilik ham yaxshi rivojlandi. Yangi tokzorlar barpo qilindi, daraxtlarga ishlov berish, sugʻorishda yangi texnologiyalar joriy qilindi. Mazkur tarmoqqa masʼul yangi idoralar, muassasalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 900 ming yurtdoshimiz uzumchilikda doimiy va mavsumiy...

17:02 08 Iyul 2021
Davlat korxonalarini xususiylashtirish faol davom etadi

Mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish eng asosiy masala hisoblanib, oxirgi yillarda bu yoʻnalishda izchil islohotlar amalga oshirildi. Chunki davlat korxonalarini xususiylashtirish iqtisodiyot rivojlanishiga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

12:42 08 Iyul 2021
Qishloq xoʻjaligini texnikasiz tasavvur etish qiyin

Xalqimizda “Texnika – dehqonning qanoti”, degan naql bor. Bu bejiz aytilmagan, albatta. Sababi yerga urugʻ qadashdan tortib, hosilni nest-nobud qilmay yigʻishtirib olishga qadar boʻlgan ishlarning barchasi texnika kuchi yordamida amalga oshiriladi.

09:23 08 Iyul 2021
Oʻzbekistonda quritilgan mevalar eksporti istiqbollari va imkoniyatlari UNCTAD tomonidan tahlil qilindi

BMTning Savdo va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi (UNCTAD) loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekistonning quritilgan mevalari eksporti: istiqbollari, muammolari va imkoniyatlari” mavzusida maʼruza tayyorlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

09:12 08 Iyul 2021
Uzumchilikdagi imkoniyatlar tahlil qilinib, keng koʻlamli chora-tadbirlar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-iyul kuni uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish hamda hududlarda enoturizmni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

21:43 07 Iyul 2021
Har bir kilogramm pilla uchun davlat tomonidan qoʻshimcha subsidiya beriladi

Kuni kecha Prezidentimizning ipakchilik, jun sanoati va kovrak yetishtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha yangi qarori imzolandi. Endi pilla boquvchilarga uni sotishdan tushgan puldan tashqari, har bir kilogramm pilla uchun davlat tomonidan qoʻshimcha 5 ming soʻmdan subsidiya beriladi. Shuningdek, sohadagi tadbirkorlarning tashabbusi...

19:57 07 Iyul 2021
Sanoatbop uzum yetishtirish boʻyicha dastlabki 4 ta yirik klaster tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uzumchilik va pillachilik sohasida mavjud muammolar va tarmoqni rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan selektor yigʻilishi davom etmoqda.

19:56 07 Iyul 2021
Uzumchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha yangi tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida uzumchilik sohasida mavjud muammolar va tarmoqni rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan selektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

19:48 07 Iyul 2021
Davlat mansabdorlari hamda ularning oila aʼzolari daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi

— Davlat xizmatchilari, tashkilotlari, korxonalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi

21:05 06 Iyul 2021