Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladi

Xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan mablag‘lar to‘liq hajmda ishlatilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

19:27 09 Noyabr 2023
Raqobat qo‘mitasi raisi Sh.Shoraxmetovning lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi

Yig‘ilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi. Sariyog‘ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha Hukumatga topshiriq berildi. 

19:19 09 Noyabr 2023
Yil yakuniga qadar chorva va parranda go‘shti ishlab chiqarishga byudjetdan 230 milliard so‘m subsidiya ajratiladi

Yig‘ilishda parrandachilikda ozuqa masalasi mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bermayotgani ta’kidlandi.

18:46 09 Noyabr 2023
Hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilmoqda

Yig‘ilishda hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilayotgani ta’kidlandi. Lekin, hech bir tuman hokimi bu borada aytarli ish qilmayotgani tanqid qilindi.

18:42 09 Noyabr 2023
2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi

Bu yilgi paxta hosilini to‘liq qayta ishlash natijasida 2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi.

18:25 09 Noyabr 2023
Yig‘ilishda ayrim klaster va fermerlar o‘rtasida hisob-kitob intizomi buzilgani qayd etildi.

20 ta klasterda hisob-kitoblar joyida bo‘lsa, 122 ta klasterning Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi oldida qarzdorligi bor, 27 ta klaster esa fermerlarga 2022 yil paxta hosilidan tegishli mablag‘larni to‘lab bermagan. Shu kabi, fermerlarning ham klasterlar oldida qarzdorligi bor.

18:20 09 Noyabr 2023
Choʻl bagʻridagi noyob javohir

“Oʻzbekneftegaz” AJ tashabbusi bilan bir guruh OAV vakillari ishtirokida mazkur gigant korxonaga press-tur uyushtirildi.

15:44 09 Noyabr 2023
Yuqori texnologik radioaktiv uran konlarida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalaniladi

Kengash yigʻilishi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazir oʻrinbosari Shahlo Turdikulova raisligida oʻtkazildi.

12:17 09 Noyabr 2023
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi yetakchi 10 davlat ma’lum qilindi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida): 

12:07 09 Noyabr 2023
9 oyda 1,3 mln. tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

11:52 08 Noyabr 2023