C1 sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi

16:48 21 Yanvar 2026 Jamiyat
334 0

TRKI-III (C1) sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega fan oʻqituvchilariga (boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari bundan mustasno) sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan ozod etiladi.

Bunda, sertifikatga ega pedagoglar ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻtgan yillardagi qaror tarqatilib, oʻqituvchilarda koʻplab savollar tugʻilmoqda. Mazkur Sertifikatlar uchun imtiyozlar faqatgina bir marta, 2022-yilning yanvar iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyalarda berilgan. Undan keyingi davrlar uchun esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida bekor qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?