Buyuk Britaniyaning “The Times” gazetasi Boris Jonsonning oʻrniga daʼvogarlar roʻyxatini eʼlon qildi

00:58 07 Iyun 2022 Dunyo
816 0

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning “The Times” gazetasi Boris Jonsonga ishonchsizlik eʼlon qilingan taqdirda mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Ayni paytda yaqqol favorit yoʻq, ammo nashrda quyidagi nomlar keltirilgan. Xususan, roʻyxatga moliya vaziri Rishi Sunak, mudofaa vaziri Ben Uolles, mudofaa vaziri Nadim Zaxavi, ichki ishlar vaziri Priti Patel, tashqi ishlar vaziri Elizabet Truss, sobiq tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant, sogʻliqni saqlash vaziri Sajid Jovid, uy-joy va kommunal xoʻjaligi vaziri Maykl Gouv kiritilgan.

Gazeta, shuningdek, Jamoatlar palatasining xalqaro qoʻmitasi rahbari Tom Tugendxat, kichik savdo siyosati vaziri Penni Mordaunt va parlament aʼzosi Stiv Beykerni ham tilga oladi.

Avvalroq Buyuk Britaniyada Konservativ partiyadan saylangan deputatlarning partiya yetakchisi va amaldagi Bosh vazir Boris Jonsonga ishonch masalasi boʻyicha yashirin ovoz berish jarayoni boshlangani maʼlum boʻlgan edi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri 2020-yilda koronavirus pandemiyasi paytida Dauning-stritdagi koʻngilochar tadbirlarda ishtiroki toʻgʻrisidagi parlament hisobotidan soʻng Konservativ partiyaning koʻplab tarafdorlarining qoʻllab-quvvatlashini faol ravishda yoʻqota boshladi. Unda aytilishicha, hukumat raisi ushbu tadbirlarda koʻp spirtli ichimlik isteʼmol qilgan va xizmatchilarga hurmatsizlik qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер