Buyuk Britaniyada yangi global tahdid haqida ogohlantirildi

16:08 09 Dekabr 2023 Dunyo
447 0

Foto: РИА «Новости»

Panama va Suvaysh kanallari orqali global mahsulotlar yetkazib berishda uzilish xavfi mavjud.

“Financial Times“ nashrining yozishicha, Panama kanalidagi qurgʻoqchilik va Suvaysh kanalidagi yuk kemalariga bir qator hujumlar muhim savdo yoʻllari boʻylab harakatlanishni cheklashi mumkin.

Manbada qayd etilishicha, agar vaziyat tez orada oʻzgarmasa, global savdo uchun oqibatlar halokatli boʻladi.

Panama kanali maʼmuriyati maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil oktyabri soʻnggi 70 yil ichida mintaqadagi eng qurgʻoqchil boʻlgan. Shu fonda rasmiylar birinchi marta kema oʻtishlari sonini kamaytirdilar. Unga koʻra, fevralgacha kuniga 18 tagacha kema oʻtishi cheklanadi.

Kanal maʼmuriyati maʼlumotlariga qaraganda, baʼzi kemalar oʻrtacha 12 kundan koʻproq, ayrimlari esa ikki haftadan koʻproq navbat kutishgan.

Manbada ayni paytda Suvayshda Isroilga yuk olib ketayotgani taxmin qilingan kemalarga toʻsatdan uyushtirilgan hujumlar dunyo hamjamiyatini larzaga solganini qoʻshimcha qilingan.

“Agar Suvaysh kanali orqali oʻtishga ham toʻsiq qoʻyilsa, bu jiddiy uzilishlarga olib kelishi mumkin”, deyiladi gazeta maqolada.

Yaʼni kanalning ishlashidagi uzilishlar mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Chunki Panama kanalidan foydalanish narxlari tezda har bir kema oʻtishi uchun millionlab dollargacha koʻtarildi.

“MDS Transmodal“ kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, Panamadan Suvayshgacha boʻlgan yoʻnalish oʻzgarishi kemalar uchun Nyu-Yorkdan Shanxaygacha boʻlgan yoʻlga besh kun muddat qoʻshadi. Agar siz Afrikaning Umid burni boʻylab marshrutni tanlasangiz, bu sayohatingizga yana olti kun qoʻshishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер