Buyuk Britaniya Kiyevga yangi harbiy yordam paketini eʼlon qildi

Arxiv surat
Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari Ukrainaga 150 million funt sterling (190,9 million dollar) qiymatidagi yangi harbiy yordam paketini joʻnatmoqda. Bu haqda «The Sun» gazetasi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shappsga tayanib xabar bermoqda.
«Ukrainaga havo va dengiz mudofaasini mustahkamlash uchun 150 million funt sterling miqdoridagi harbiy yordam paketi yuborilmoqda», — deyiladi xabarda.
Yordam paketi havo hujumidan mudofaa radarlari, simulyatsiya uskunalari va umumiy qiymati 70 million funt sterling boʻlgan elektron urush tizimlarini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, unga 80 million funt sterlinglik kichik qayiqlar, razvedkachi dronlar va uchuvchisiz yer usti vositalari kiradi.
Qayd etilishicha, mablagʻlar Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari mart oyi holatiga koʻra qariyb 900 million funt sterling sarmoya kiritgan Ukrainaga yordam koʻrsatish xalqaro jamgʻarmasidan ajratiladi. Ushbu jamgʻarma Buyuk Britaniya, Litva, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya va Niderlandiya kabi qator hamkorlarni birlashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring